23:53 / 27.02.2021
2 826

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi «Shovotlandiya» kafesida 27 yanvar kuni yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi deb, xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Yahyo Abdulhaqov, Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va uning o‘rinbosari Ikrom Narimov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida 27 fevral kuni Qizil Sharq mavzesidagi «Shovotlandiya» kafesiga o‘t qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi mazkur kafeda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in shu kafeda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan.

Tadbirda ishtirok etgan huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari umumiy ovqatlanish joylari rahbarlariga murojaat qilib, o‘z ishchilarini ijtimoiy himoya qilinishiga mas’ul ekanligini, xodimlar noturar binolarda yashamasliklari uchun yashash joyi bilan ta’minlashlarini va ularni ishga yollashda to‘liq tekshirishlarini so‘radi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi