Foto: O‘zPFL
Futzal bo‘yicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqidagi ma’lumotni «Daryo» ma’lum qilmoqda.
Manbaning tasdiqlashicha, futzalchi 2021 yil 27 fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yo‘lovchi sifatida qaytayotgan bo‘lgan. Qamchiq dovonida esa Matiz, Nexia va Tico avtomobillari yo‘l transport hodisasini vujudga keltirgan. Ushbu to‘qnashuv oqibatida Timur Berdiyev vafot etgan. Tico’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Timur Berdiyev 1995 yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va «Ardus», «Paxtakor» va OKMK futbol klublari safida to‘p surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Berdiyev 2021 yil qishki transferlar oynasida Bishkekning «Farvater» jamoasiga o‘tishi rejalashtirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Buxoroda Tico haydovchisi YPX xodimiga bo‘ysunmay, uni sudrab ketdi

Yunusobodda yo‘lning muzlagani sabab 6 ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashib ketdi

Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi

Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi

Farg‘onada er-xotin Tico’da kanalga tushib ketib, halok bo‘lishdi