09:28 / 01.03.2021
1 785

Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi

Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi
Loyiha bilan fuqarolar yig‘inlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolik yig‘inlarida faoliyati tugatilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berib, ular negizida fuqarolar yig‘inlarining “Elektron kuzatuv maskan”larini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Ichki ishlar vazirligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘inining “Jamoatchilik nazorati maskan”lari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, binosi mahalla fuqarolar yig‘inlari balansiga olinadi va eksperiment tariqasida tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berish orqali ular negizida “Elektron kuzatuv maskan”lari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror loyihasining tasdiqlanishi mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida fuqarolar faolligini oshirish, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahallalarda «Elektron kuzatuv maskan»lari tashkil etiladi