10:23 / 01.03.2021
1 377

Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi

Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi
Bugun tadbirkor va kichik biznes vakillari faoliyat yuritishi, investitsiyalarni jalb qilish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash mexanizmi ham mavjud.

Byuro organlari tomonidan tadbirkorlar foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor “Musaffo zamin agro” MCHJdan 482.499,3 ming so‘m hamda qarzdor “Shirin agro servis” MCHJdan 104.344,6 ming so‘m undiruvchi “AAA Xamkor” MCHJ foydasiga jami 586.843,9 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlarga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor MCHJlar hisobidan undiruvchi “AAA Xamkor” MCHJ foydasiga jami 586.843,9 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shirin shahrida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 580 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi