19:23 / 01.03.2021
1 669

MIB: Mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi

MIB: Mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lamayotgan mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi.
Aniqlanishicha, davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandlari moddiy ta’minotini to‘lamay kelayotgan 13 nafar fuqaro bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga yuborildi. Bugun bo‘lib o‘tgan sud jarayonida ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Fuqaro B. K. turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik sabab ajrashgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra ikki nafar farzandi uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.

Lekin ota mas’uliyatga panja orasidan qarab ogohlantirishga qaramay 37 oy mobaynida aliment to‘lamay keladi. Qarzdorlik esa salkam 7 mln. so‘mga borib yetdi. Bo‘lib o‘tgan sud davomida unga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasi atrofilicha ko‘rib chiqildi va 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Yana bir fuqaro M. Z uzoq vaqtdan beri farzandlarini moddiy ta’minotini unutgan otalardan biri ekan. Bo‘lmasa u bir nafar farzandi uchun oyma-oy aliment mablag‘ni to‘lab kelar edi. Unga nisbatan ham sudning qarori e’lon qilindi va 10 sutka ma’muriy qamoq belgilandi.
Byuroning Namangan shahar bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi hamkorligida bu boradagi sudlar davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Mas’uliyatsiz otalarga chora ko‘rildi