Foto: Videolavhadan skrinshot
Samarqand viloyati Ishtihon tumanida 28 fevral kuni qurut uchun tayyorlangan suzmani oyoq kiyimda qorayotgan ayol videosi tarqaldi. «Zamon» dasturi muxbiri mazkur holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, voqeaga oydinlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qurut tayyorlayotgan fuqarolar tumandagi Kallaxosa qishlog‘i Dehqonobod mahallasidagi xonadonlarning birida uy sharoitida ishlaydi. Xonadon sohibasining so‘zlariga ko‘ra, sog‘ligi yomonligi tufayli chakkini qorishda qo‘l kuchi yetmagan. Xo‘jayini ham uyda emasligi sababli oyoq kiyim bilan qurut tayyorlagan.
Uning ta’kidlashicha, mazkur holatni qo‘shnisi tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan. Video muallifi u tasvirlarni faqatgina o‘ziga qiziq tuyulgani uchun olgani, bundan yomon maqsad ko‘zlanmagani haqida aytib o‘tgan.
«Mahalla noziri bilan birgalikda holatni ko‘rdim. Kelin, bu videodagi sizlarmi dedim. Bo‘yniga oldi. Nima maqsadda qildingiz? Men sizlarga avval tushuntirgandim, deya ta’kidladim. U esa yaqinda farzandli bo‘lgani uchun kuchi yetmaganini aytdi. Bu bahona bo‘la olmaydi», — deydi mahalla raisi Shahobiddin Muhammadiyev.
Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi gigiyenik talablarga mos kelmaydigan sharoitda tayyorlangan qurutlarni yo‘q qilgani haqida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Germaniya tashqi ishlar vazirligi endi hujjatlarda Putinning lavozimini ko‘rsatmaydi
Putin: Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq