19:32 / 03.03.2021
2 905

Oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida

Oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida
1. Sohaga oid 18 ta qonun hujjati, shu jumladan 2 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta Farmon va Qarori, Hukumatning 10 ta qarori va farmoyishi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasi qabul qilinib, ijrosi ta’minlandi.

2. Quyidagi institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi:
– mamlakatimizda Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya hamda Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar
va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi;
– oila, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat boshqaruvi organi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi;
– Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi;
– 197 ta tuman (shahar)da Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslar, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish
markazlari va Ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
– 14 ta hududda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi;
– “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;
– 154 ta tuman (shahar)da “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash innovatsion maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
– mahallalarda oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
– ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o‘qitish, malakasini oshirish tizimi yaratildi. Natijada rahbar ayollar soni 2016 yilda 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib ularning soni 12 foizga yetdi;
– Xotin-qizlarni kafillik asosida muddatidan oldin jazodan ozod etish tizimi yaratildi. Xususan, shu davrga qadar jinoyat sodir etgan 1893 nafar xotin-qiz kafillikka olinib, muddatidan oldin jazodan ozod etildi;

3. Xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
– “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va bugungi kunga qadar 587 nafar ayollar ushbu nishon bilan taqdirlandi;
– Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini har yili hududlardan ikki nafar iqtidorli qizlarga berish hamda ularni bakalavriat hamda magistraturaga davlat grantlari asosida kirish sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etildi;
– uyma-uy yurib, xotin-qizlarning muammolarni o‘rganish va hal etish tizimi yaratildi. Jumladan, o‘tgan davr mobaynida 67 ming 690 nafardan ortiq, shu jumladan 14 ming 644 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi;
– 329 228 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi;
– xotin-qizlarning tadbirkorlik, kasanachilik, tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanishlari uchun tijorat banklari hamda Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 224 mingdan ortiq xotin-qizlarga jami 6,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi;
– og‘ir turmush sharoitida yashayotgan uy-joyga muhtoj 7784 nafar xotin-qizlar imtiyozli uy-joy bilan ta’minlandi,
89 nafariga 964 mln 561 ming so‘mlik qurilish mollari yetkazib berildi;
– 7866 nafar xotin-qizlar 3243 ta nogironlik aravachasi, 2086 ta eshitish moslamasi, 2537 ta boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi;
– Tadbirkorlik markazlari tomonidan 30 mingga yaqin xotin-qizlarga tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta’minlash yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 5 ta muhim tashabbus doirasida 21500 nafar qizlar qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o‘qitildi;
– Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan 7133 nafar xotin-qizlarga psixologik, 4432 nafariga huquqiy, 2688 nafariga tibbiy yordam hamda 1938 nafariga bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashildi;
– har yili “Ma’naviyat oiladan boshlanadi”, “Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash” targ‘ibot oyliklarini o‘tkazish, 15 may – “Xalqaro oila kuni”ni nishonlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida