20:50 / 03.03.2021
2 050

Qonunchilikdagi o‘zgartirishlardan xabardormisiz?

Qonunchilikdagi o‘zgartirishlardan xabardormisiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni sud-huquq islohotlarining yangi bosqichini amalga oshirishning huquqiy asosini yaratib, davlatimiz rahbari tomonidan “bir sud - bir instansiya” tamoyilining ilgari surilishi sud qarorlarini qayta ko‘rish tizimida yillar davomida to‘planib kelingan muammolarning hal qilinishiga ayni muddao bo‘lib, ushbu tizimni tubdan ko‘rib chiqishga asos soldi, jumladan, xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddimasida, O‘zbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilganligi qayd qilingan.

Inson huquqlari oliy darajali bo‘lgan demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab amalga oshirilayotgan vazifalar natijasida, Konstitutsiyada belgilangan sud hokimiyati tizimiga o‘zgartirishlar kiritishga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”
O‘RQ-671-sonli Qonuni bilan, Konstitutsiya 107-moddaning birinchi qismiga o‘zgartish kiritilib, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratligi belgilandi.

Sud-huquq tizimida qabul qilingan yana bir yangi qonun, joriy yil 2021 yil 12 fevralda imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-673-sonli qonuniga ko‘ra, Jinoyat kodeksi
1281-moddasi bilan to‘ldirilib, unda o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoxud uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

2021 yil 18 fevralda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish ia qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli qonuniga asosan, Jinoyat kodeksi 572-modda bilan to‘ldirilib, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash amaliyoti joriy etilib, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning yarmidan oshmasligi kerakligi haqida qoida kiritildi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan eng muhim o‘zgartish va qo‘shimchalardan biri, ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish ekanligiga e’tibor qaratsak, bunda ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan so‘roq qilishdan iborat bo‘lib, ushbu harakat kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur qonun bilan Jinoyat-protsessual qonunchilikda, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituvni o‘tkazish joriy etildi, unga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituvni, sud taraflarning iltimosiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan o‘tkazishi mumkin, dastlabki eshituv jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish, jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni tugatish, jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish, JPKda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish, nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash to‘g‘risida taraflardan birining iltimosi mavjud bo‘lsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash haqida asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.

Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlar, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sudlovni amalga oshirishga, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga asos bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi
Avazjon Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonunchilikdagi o‘zgartirishlardan xabardormisiz?