08:00 / 04.03.2021
2 294

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal o‘z ko‘rsatuvlarini boshlaydi

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal o‘z ko‘rsatuvlarini boshlaydi
Foto: «Inforos.ru»
«SPB TV» O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) bilan o‘zbek tilidagi kontentni MDH hududida tarqatish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Efirga uzatish mart oyidan boshlanadi. Bu haqda «SPB TV» matbuot xizmati «TASS»ga ma’lum qilgan.

«Imzolangan shartnomaga muvofiq, birinchi marta o‘zbek tilidagi kontent Rossiya va MDH mamlakatlaridagi televizion platformalarga rasmiy kirish huquqini qo‘lga kiritadi. Potensial ravishda barcha tarqatish zonalarida umumiy auditoriya kamida 2,5 million tomoshabinni tashkil qiladi.

«SPB TV» bosh direktori Kirill Filippovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari doimiy ravishda Rossiyada yashaydi. «Bizning MTRK bilan kelishuvimiz ko‘plab muammolarni hal qiladi. Ishonamanki, o‘zbek tilidagi sifatli va xilma-xil kontent talabga ega bo‘ladi va pul ishlash uchun yangi istiqbollarni ochib beradi
», — dedi matbuot xizmati Filippovning so‘zlarini keltirib.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal o‘z ko‘rsatuvlarini boshlaydi