17:54 / 04.03.2021
1 610

Qarzdor otadan 4 yillik aliment pullari undirildi

Qarzdor otadan 4 yillik aliment pullari undirildi
Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu o‘z esa samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2017 yil 25 yanvardagi ijro varaqasiga asosan B.M.dan undiruvchi Yu.N. foydasiga ikki nafar farzandlari uchun aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilgan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota 4 yil davomida to‘lanmasdan kelingan 42.307.252 so‘m qarzdorlik undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor otadan 4 yillik aliment pullari undirildi