20:11 / 04.03.2021
1 751

Oltiariqda ota bir 7 yillik aliment puli uchun 63 mln. so‘m to‘ladi

Oltiariqda ota bir 7 yillik aliment puli uchun 63 mln. so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 19.07.2010 yildagi 1-19550/10-sonli sud buyrug‘iga asosan Oltiariq shaharchasida yashovchi qarzdor A.Begmatovdan undiruvchi N.Begmatova foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor A.Begmatovdan 2020 yil sentabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar-fevral oylari uchun aliment undirish jarayonida qarzdor alimentni farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblab to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Undiruvchi roziligi asosida davlat ijrochisi tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra qarzdor tomonidan farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar 63 mln. so‘m miqdordagi aliment puli to‘liq to‘lab berilishi ta’minlangan.

Shunga ko‘ra, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov va taqiqlarning barchasi bekor qilinib, sud hujjati undiruvchi arizasiga asosan unga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltiariqda ota bir 7 yillik aliment puli uchun 63 mln. so‘m to‘ladi