23:00 / 04.03.2021
1 954

Bolani ona tarbiyasiga olib berish jarayonida oila yarashtirildi

Bolani ona tarbiyasiga olib berish jarayonida oila yarashtirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 2019 yil 17 yanvar kunidagi ijro varaqasiga asosan javobgar J.Yangiyevdan voyaga yetmagan 2012 yilda tug‘ilgan farzandini onasi da’vogar D.Bekmurodovaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nishon tumaniga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan hamda qarzdorga ijro hujjati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ogohlantirilgan.

Byuro xodimlari tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bolani da’vogarga olib berish uchun bir necha bor borilganida, bola u manzilda bo‘lmagach, davlat ijrochisi tomonidan 2020 yilning 7 noyabr kuni bolani qidirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Qidiruv natijalariga ko‘ra bola 2021 yilning fevral oyida topildi. Shundan so‘ng, bolani olib berish bo‘yicha ijro xarakatlariga kirishildi. Jarayon davomida oilaning muqaddasligi, oila buzilishining farzandlar kelajagi, ruhiyati va tarbiyasiga ta’siri haqidagi tushuntirishlardan so‘ng 2 yildan buyon birga yashamay kelayotgan oila yarashishga qaror qildi.

Soyib Bodriddinov
MIB Nishon tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolani ona tarbiyasiga olib berish jarayonida oila yarashtirildi