08:43 / 05.03.2021
1 463

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan yangi mahalliy yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan yangi mahalliy yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Uzbekistan Airways Samarqand shahridan yangi mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 28 martdan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi:
  • Samarqand—Farg‘ona—Samarqand;
  • Samarqand—Urganch—Samarqand;
  • Samarqand—Namangan—Samarqand.

Mazkur yo‘nalishlarda parvozlar har kuni amalga oshiriladi. Batafsil ma’lumotlarni aviakompaniya saytidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni doirasida ichki turizmni rag‘batlantiruvchi choralar belgilangan.

Unga ko‘ra, yangi joriy etilayotgan aviaqatnovlar uchun chiptalar O‘zbekiston fuqarolariga 25 foiz arzon sotiladi, agar ushbu chipta turoperator orqali xarid qilinsa, ushbu chegirma miqdoriga 15 foiz qo‘shilib, umumiy 40 foizlik chegirma taqdim etiladi.

Shu bilan birga, turoperator orqali xarid qilingan mehmonxona xizmatlari ham 10 foizga arzonlashtirilgan narxda sotiladi.

1 martdan boshlab Uzbekistan Airways yo‘lovchilari yangi xizmat turi — aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Ushbu xizmat yo‘lovchilarga aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslik va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan yangi mahalliy yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda