09:25 / 06.03.2021
2 896

“Ijtimoiy yotoqxona”ga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini foxishaxonaga aylantirdi

“Ijtimoiy yotoqxona”ga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini foxishaxonaga aylantirdi
Foto: O‘zA
Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini fohishaxonaga aylantirgani aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan, oilasidan ajrashgan, 3 nafar farzandi bilan Qorako‘l tumani Tabiblar ko‘chasida tashkil etilgan «ijtimoiy yotoqxona»da vaqtinchalik yashash uchun joylashtirilgan, 1976 yilda tug‘ilgan ayol J.Z. 2021 yilning 18 fevral kuni, taxminan, soat 16:45 larda mazkur uyning o‘zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so‘m evaziga fuqarolar — J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Fuqaro fohishaxona tashkil qilganligi tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-modda 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ijtimoiy yotoqxona”ga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini foxishaxonaga aylantirdi