20:42 / 06.03.2021
5 676

Fathulla Mas’udovning rafiqasi: «Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman»

Fathulla Mas’udovning rafiqasi: «Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman»
Foto: Instagram / @_abdullohfathullayevich
2020 yilning 30 avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udovning rafiqasi Gulira’no Mas’udova «Mirsodiqova bilan» YouTube-kanaliga intervyu berdi.

«Spektaklga tushdim, birinchi qatorda o‘tiribman. ‘Sizsiz o‘tmas kunlarim’ qo‘yilayotgan edi. Shu kunlari menga e’tiborlari kamayib ketgan, judayam ishlari bilan band bo‘lib ketib, asabiy bo‘lib yurgandim. Dilnoza Kubayeva bila partnyor bo‘lib o‘ynayaptilar. Qarab o‘tiribman: bitta quchoqladilar, ikkita quchoqladilar. Dilnoza Kubayeva — mening idealim. Undagi quvnoqlik, ochiqlik menga yetishmaydi. Fe’lim og‘ir-bosiq.

Spektakldan keyin mashinaga o‘tirib, o‘kirib yig‘lab yubordim-da, bitta urdim. Sen meni urdingmi, dedilar. O‘zim qo‘rqib ketdim qilgan ishimdan, men sizdan xafa bo‘ldim, dedim. Voy, sen meni rashk qildingmi, rashk qildingmi, deb so‘rab, quchoqlab oldilar. Siz menga vaqt ajratmayapsiz, Dilnozani to‘rt marta quchoqladingiz, dedim. Voy jinni, bu rol-ku, dedilar
», — deydi Gulira’no Mas’udova.

Foto: Instagram / @_abdullohfathullayevich
Shuningdek, marhum aktyorning rafiqasi marhuma Gavhar Sharipova ham turmush o‘rtog‘iga ko‘p qo‘ng‘iroq qilib, muammolarini aytib berganini esladi.

«Gavhar Sharipova, rahmatli, ko‘p telefon qilardi. Kechasi soat 10-11, voy-dod derdim. Qizimning g‘ashi kelardi, nega bu adamning boshini aylantiraveradi, derdi. Siz menga ham keraksiz, adasi, menga yetmayapsiz, derdim», — deydi Gulira’no Mas’udova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fathulla Mas’udovning rafiqasi: «Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman»