23:23 / 06.03.2021
799

Voyaga yetmagan bolalar onasi tarbiyasiga olib berildi

Voyaga yetmagan bolalar onasi tarbiyasiga olib berildi
Bog‘ot tumani Nayman mahallasida yashovchi fuqaro I.Z oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘ining uyidan ketishga majbur bo‘lgan. Biroq voyaga yetmagan farzandlarini olib ketaolmagach, sudga murojaat qilgan.

Byuroning Bog‘ot tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan I.Zning voyaga yetmagan 2014 yilda tug‘ilgan farzandi O.Sh va 2016 yilda tug‘ilgan farzandi O.Shlarni tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 19 fevral kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga 2 nafar farzandlarini onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogoxlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor nevarasini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 22 fevral kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari onasi tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmagan bolalar onasi tarbiyasiga olib berildi