08:30 / 07.03.2021
3 000

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi?

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi?
Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga 36 mln 750 ming so‘mgacha kreditlar beriladi. Bu haqda «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5020-son, 05.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (Respublika kengashi) tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Respublika kengashi, jumladan hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshiradi.

Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Jamg‘armaga har yili 300 milliard so‘mgacha miqdorda Davlat budjeti mablag‘lari ajratiladi.

Shuningdek, tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida BHMning 150 baravarigacha (36 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda kreditlar beriladi.

2021 yilda «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan xotin-qizlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:

— Noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan ta’minlashga – 10 milliard so‘mdan;
— otasidan ayrilgan, yolg‘iz onasi qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga – 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga qancha kredit beriladi?