19:29 / 09.03.2021
648

2 yil aliment to‘lamagan ota sudga kelganida qarzini bir kunda to‘ladi

2 yil aliment to‘lamagan ota sudga kelganida qarzini bir kunda to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 18.01.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Eminovdan undiruvchi S.Eminova foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor aliment to‘lashi haqida sud buyrug‘ini olgan bo‘lsada, biror marotaba ham aliment to‘lamasdan kelgan va davlat ijrochisiga turli bahonalar va vaj-karsonlarni sabab qilib gohida pandemiya, gohida ishlamayotganligi ro‘kach qilib alimentni to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Bir necha marotaba ogohlantirishlardan keyin A.Eminov davlat ijrochisi va mahalla faolllariga hattoki xonadon eshigini ham ochmay qo‘ygan.
Tabiiyki, qonunlar amalda bo‘lgan mamlakatda unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi asosida ma’muriy ish materiallari to‘plangan va joriy yilning 03 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi binosida ish ko‘rish boshlangan.

Sud jarayonida sudya tomonidan avval ham bir necha marotaba eshitgan, lekin bunga umuman e’tibor qaratmagan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabardan so‘nggi biroz taraddudlanib, 14 mln. 220 ming so‘m aliment qarzini sud protsessining o‘zidayoq to‘lab yuborishini ma’lum qilgan. Birgina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan pul mablag‘i ham yetib kela qolgan va undiruvchi S.Eminovaga to‘liq topshirilgan.
Qarzdor esa kelgusida aliment qarzini oyma-oy belgilangan muddatlarda to‘lab borishi haqida va’da bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 2 yil aliment to‘lamagan ota sudga kelganida qarzini bir kunda to‘ladi