22:35 / 09.03.2021
3 611

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi
O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1—7 mart kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» savdolariga 26 991,0 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 504,8 tonnasi, ya’ni 42,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 30 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 251,0 ming so‘mdan 6 128,0 ming so‘mgacha yoki 2 foizga pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 215,5 ming so‘mni, Ai-91 — 7 628,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi