19:28 / 10.03.2021
2 172

Surxondaryo va Navoiyda o‘riklar sovuqdan 80 foizgacha zararlangani ma’lum bo‘ldi

Surxondaryo va Navoiyda o‘riklar sovuqdan 80 foizgacha zararlangani ma’lum bo‘ldi
Navoiy viloyatida 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari zararlangan, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda Gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli meteostansiya va agrometeorologik post kuzatuvlari o‘tkazilgan. 24—27 fevral kunlari kuzatilgan anomal sovuq ob-havodan mevali daraxtlar, kuzgi bug‘doy va beda nihollari quyidagicha zararlangan:
- o‘rik daraxti gullari — 75-80 foizgacha;
- olma daraxti kurtaklari 50-60 foizgacha;
- olxo‘ri va olcha kurtaklari 15 foizgacha;
- tut daraxti kurtaklari 20 foizgacha;
- beda poyalarida 30 foizgacha zararlanish kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, tok daraxtida zararlanish kuzatilmagan. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi qishloq xo‘jalik ekinlariga sovuqning ta’sirini o‘rganish maqsadida qishloq xo‘jalik ekinlari va daraxtlaridan 28 fevral kuni namunalar olgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bug‘doy barglarining 10 foizi, beda poyasi va barglarining 10 foizi, bodom gullarining 30 foizi, o‘rik gullarining 80 foizi, gilos gullarining 25 foizi, erta pishar olmaning barg va gulto‘dasining 30 foizi, shaftoli barglarining 10 foizi, tut kurtaklarining 5 foizi, sovuqdan zararlanishi kuzatildi. Tok va anor daraxtlariga sovuq ta’sir qilmaganligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo va Navoiyda o‘riklar sovuqdan 80 foizgacha zararlangani ma’lum bo‘ldi