22:44 / 10.03.2021
1 648

Jalaquduqda bank foydasiga 1.6 mlrd. so‘m keditdan bo‘lgan qarzdorlik undirib berildi

Jalaquduqda bank foydasiga 1.6 mlrd. so‘m keditdan bo‘lgan qarzdorlik undirib berildi
Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudining 27.12.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “ALYORTEKS” MCHJdan CHEKI “Hamkorbank” Nodirabegim filiali foydasiga 1.6 mlrd so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish belgilangan.

Sudning mazkur hujjati 23.02.2021 yilda Majburiy ijro byurosining Jalaquduq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, “ALYORTEKS” MCHJ oldida “Andijon yog‘ moy” AJning 1.7 mlrd so‘m debitor qarzdorlik holati aniqlanib, bu borada belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

“Andijon yog‘ moy” AJning debitor qarzdorligi hisobidan “ALYORTEKS” MCHJning kreditdan bo‘lgan qarzdorligini so‘ndirish maqsadida MIB Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 48-5-moddasiga asosan qarzdorning hisob raqamiga inkassa topshiriqnomasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jalaquduqda bank foydasiga 1.6 mlrd. so‘m keditdan bo‘lgan qarzdorlik undirib berildi