23:55 / 10.03.2021
17 682

MIB: endi qarzdorliklarni mobil ilova vositasida ham bilish mumkin

MIB: endi qarzdorliklarni mobil ilova vositasida ham bilish mumkin
Xabaringiz bor, Majburiy ijro byurosi ijro ishlari bo‘yicha aholiga qulaylik yaratish uchun masofaviy elektron tizimlarni joriy etib bormoqda.

Fuqarolarimizda yuzaga kelayotgan qarzdorliklar haqida ma’lumotlarni olish va xorijga chiqish oldidan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib, uni bartaraf etish imkoniyatini endi mobil telefon orqali ham bilib borish mumkin.

Qanday qilib deysizmi?
Mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun Google tizimi orqali Play Market ilovasidan MIB.UZ maxsus dasturini yuklab olish zarur.
Ushbu Dasturga ulanish uchun avvalo Siz mobil aloqa raqamingizni kiritasiz va so‘ngra, SMS xabarnomadagi himoya kodini tasdiqlaysiz.
Keyin esa, fuqarolik pasportingiz seriyasi va raqamlarini kiritib, Siz mobil ilova dasturiga ulanasiz.

Ushbu mobil ilova dasturi:
“Qarzdorlikni tekshirish” blogida – Siz sud va boshqa qarorlar orqali kelib chiqqan qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin!
“Respublikadan chiqishga cheklov” blogi – xorijga chiqish oldidan qarzdorliklar uchun qo‘yilgan taqiqlar haqida xabardor qiladi.

Bu jarayon - Sizning o‘z vaqtida taqiqlarni bilish va uni bartaraf etish hamda ortiqcha noqulayliklardan xalos etib boradi.

Bu dastur Sizga ham ishonchli, ham qulay va shaffof ravishda boshqa imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Misol uchun: dolzarb bo‘lgan aliment to‘lovlari bo‘yicha ham ushbu elektron tizimdagi - “Aliment kalkulatori” dasturi bilan aliment to‘lovlarining miqdoriga aniqlik kiritish, “Ijro monitoringi” blogi bilan Sizga taalluqli bo‘lgan har qanday ijro ishlari jarayonini (pasport seriya va raqam, ijro ishi raqamini kiritgan holda) kuzatib borishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: dasturiy tizimda qarzdorliklar va shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi uchun 4 raqamdan iborat maxsus himoya kodi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: endi qarzdorliklarni mobil ilova vositasida ham bilish mumkin