08:57 / 11.03.2021
1 554

O‘zbekiston Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini o‘rganmoqda
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziriga yo‘llangan maktubini yetkazdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda, Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida fikr almashildi.

Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi.Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini o‘rganmoqda