09:29 / 11.03.2021
1 868

O‘zbekistonda 1,35 mlrd dollarga yana uchta elektr stansiyasi quriladi

O‘zbekistonda 1,35 mlrd dollarga yana uchta elektr stansiyasi quriladi
O‘zbekistonda yana uchta elektr stansiyasi quriladi, deb xabar bermoqda Norma. Ularning ikkitasi Toshkent viloyatida, yana biri Buxoro viloyatida quriladi.

Prezident 4 mart kuni «‘Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish’ hamda ‘Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish’ investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.

Hujjat bilan 20 yanvar kuni O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiya va savdo vazirligi bilan Turkiyaning investor kompaniyasi Aksa Enerji Uretim A.5. va Aksa Enerji Tashkent (Toshkent viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida) hamda Aksa Enerji Bukhara (Buxoro viloyatida) loyiha kompaniyalari o‘rtasida imzolangan investitsiya shartnomalari tasdiqlangan.

Investitsiya shartnomalariga muvofiq, investor va loyiha kompaniyalari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, har bir loyiha uchun 450 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etadi.

Bundan tashqari, elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolangan shartnomalarning yangi tahriri tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oladi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1,35 mlrd dollarga yana uchta elektr stansiyasi quriladi