09:58 / 11.03.2021
1 526

Sirdaryoda Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryoda Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Foto: «Daryo»
Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan «O.» MCHJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 million so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya’ni 11,5 million so‘m talab qilgan.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1000 dollar va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi