10:26 / 11.03.2021
1 701

Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan olib qochilgan Nexia-3 Andijondan topildi

Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan olib qochilgan Nexia-3 Andijondan topildi
Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan Nexia’ni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 22 fevral kuni fuqaro 102 raqamiga telefon qilib, davlat raqami 01 O 650 MB bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasi olib qochilganini ma’lum qiladi.

Mazkur xabar asosida Sergeli tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga yetib borgan.
Mashina egasining ma’lum qilishicha, u avval 2 marta avtomobilini ushbu shaxsga yuvdirgan.

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari harakatlari natijasida avtomobilni olib qochgan shaxs qo‘lga olinib, tergovga jalb qilingan.

Mashina Andijon shahri Amir Temur shohko‘chasida joylashgan avtosalon oldida shikastlangan holatda topilgan.

«Ozgina ichgan edim. Mashinani yuvib, birpas aylangim keldi. Aylanib turib, keyin Andijonga minib ketdim. Yo‘lda ‘GAI’lar to‘sgandi, qaytarib olib kelib qo‘yishga qo‘rqdim. Qilgan ishimdan pushaymonman», — deydi mashinani olib qochgan shaxs.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Q. ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, 1983 yilda tug‘ilgan ayblanuvchi muqaddam Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan sudlanib, jazolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan olib qochilgan Nexia-3 Andijondan topildi