11:00 / 11.03.2021
1 954

Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi

Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida viloyat IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surushtiruvlarda «Gulnoza» ismli shaxs (Chirchiq shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan G.M.) Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali «massaj salon» e’loni niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mijoz topib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida G.M. «fohishalikni kasb qilib olgan» 1993 yilda tug‘ilgan U.N. va 1987 yilda tug‘ilgan A.N. larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topib, buning evaziga 350 ming so‘m, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs esa mijozdan 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiqdagi «massaj saloni»ning «niqobi» ochildi