23:00 / 11.03.2021
1 599

324 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi

324 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi
Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbirni o‘tkazishdi. Tadbir davomida fuqaro E.I. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 324 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari hamda yovvoyi o‘simliklar, hasharotlarga qarshi kurashuvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 324 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi