Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi tungi klubning behayo reklamasi aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, viloyatning Davlatobod tumanida joylashgan «Rome» tungi klubining Facebookdagi sahifasiga videorolik joylangan. Bu videoda shu yilning 13 mart kuni klubda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan shouning reklamasi aks etgan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilganida video «Rome» restoranida olingani, bundan maqsad mijozlarni jalb qilish bo‘lgani aniqlangan.
Restoran ish yurituvchisi vazifasida ishlovchi 25 yoshli yigit bu rolik faqat reklama uchun olinganini, maxsus shouda bunday «tomosha» ko‘rsatilmasligini aytgan.
«Videochilarni chaqirdim. Ular g‘oya berishdi. Biz bunday bo‘lishini aytmagan edik. Tasvirchilarning xatosi bilan video ozgina xunuk tarzda chiqibdi. Bunchalik ommalashib ketishini bilmagan edik. Pushaymonmiz qilgan ishimizdan. Uzr so‘raymiz», — deydi yigit.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandiga zulm qilayotgan ona videosi tarqaldi

Toshkentdagi tungi klubda ayollar striptizi taqdim etilayotgani aniqlandi (video)

IIBB: tungi klubdagi tartibsizliklar boʻyicha xabarlar boʻrttirilgan (video)

Sportchi Jamshid Kenjayev o‘ldirilgani aks etgan yana bir video tarqaldi (video)

Toshkentda IIB xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi (video)

Samarqandda tungi klublar bo‘yicha reyd o‘tkazildi (video)