Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6186-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.
Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:
- respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
- qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli arzon uy-joylar;
- fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).
Bunda:

- kreditlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;
- kreditlar ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratiladi;
- daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
- subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida

Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?