09:33 / 12.03.2021
1 590

Toshkentda qalbaki 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda qalbaki 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: «Kabar.kg»
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. UzNews’ning yozishicha, bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, 20 yoshli fuqaro T. 5,5 ming yevro miqdoridagi qalbaki chet el valyutasini tanishi fuqaro G‘.dan so‘mga almashtirib berishni so‘ragan. Buning evaziga sotuvdan tushgan mablag‘ning 40 foizini berishini aytgan.

5 mart kuni olib borilgan tezkor tadbirda fuqaro o‘zining qalbaki valyutalarini D. ismli fuqaroga sotayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbirda olingan 5,5 ming yevro miqdoridagi valyuta birliklari Toshkent shahar IIBB ekspertiza-kriminalistika markazi xulosasiga ko‘ra, qalbaki bo‘lib chiqqan. Qo‘lga olingan shaxs bu pullarni Chilonzor tumani hududida ko‘chadan topib olganini aytgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qalbaki 5,5 ming yevroni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi