13:45 / 12.03.2021
2 250

Vazir: Bir yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan 27 jinoyat o‘lim bilan bog‘liq

Vazir: Bir yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan 27 jinoyat o‘lim bilan bog‘liq
2020 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 134 ta jinoyat sodir etilgan, shundan 27tasida o‘lim holati qayd etilgan. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisidagi nutqida ma’lum qildi.

«Afsuski, ichki ishlar organlari xodimlari orasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan, hattoki jinoyatga qo‘l urganlari ham yo‘q emas. Shu bois ularni o‘qitish, kasbga tayyorlash bo‘yicha yangi mexanizmlar bo‘yicha ishlayapmiz.

Ilgari tizimga ko‘chadan, yetarli malaka va tayyorgarlikka ega bo‘lmagan xodimlar ham ishga olinar edi. Hozirgi kunda esa bu amaliyotga chek qo‘yilgan. Ularning o‘rniga hududlardagi 14ta litseylarimiz hamda Temurbeklar maktabini tugatayotgan yigit-qizlarni ishga qabul qilyapmiz. Chunki ular uch yil forma kiygan, yetarli bilim va tajribalarga ega xodim bo‘lib yetishib chiqmoqdalar.

2020 yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan 134ta jinoyat sodir etilgan, uning 27ta holati o‘lim bilan bog‘liq. Qolgan 107ta holatda mansab vakolatidan chetga chiqish, dalillarni soxtalashtirish, poraxo‘rlik, firibgarlik kabi holatlar aniqlandi. Ularga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar berilyapti
».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir: Bir yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan 27 jinoyat o‘lim bilan bog‘liq