17:00 / 12.03.2021
2 501

Aliment olish uchun qulay imkoniyatni boy bermang!

Aliment olish uchun qulay imkoniyatni boy bermang!
Ma’lumki Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 noyabrda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6118-sonli Farmoni bilan 2021 yil 1 martdan aliment majburiyatlari bajarilishini masofaviy monitoring qilish bo‘yicha tizim yaratish ko‘zda tutilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlarining bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi.

Bu jarayon, Aliment bo‘yicha ijro ishlarining ijrosi va nazorat qilish mexanizmining avtomatlashtirilgan tizimga o‘tilishi avvalo 280 mingdan ortiq aliment oluvchi farzandlarininng moddiy ta’minotining ortiqcha sansalorliksiz va tez fursatlarda elektron tarzda olish imkonini beradi.

Bu borada, Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan alimentchi oluvchi fuqarolarimiz uchun qo‘laylik yaratish, ortiqcha sarf- xarajatlar va vaqt yo‘qotishlarni oldini olish maqsadida, ATB “Aloqabank” orqali Toshkent viloyati bo‘yicha aliment oluvchilarning 21.137 nafariga plastik kartochkalari ochib berib ishlarini yakunlandi.

Hozirda, 7.120 nafar aliment oluvchi fuqarolarga ushbu plastik kartochkalar topshirilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarimizning tez fursatlarda olishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud va ularning MIB Toshkent viloyati tuman-shaharlari bo‘limlariga murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.

Shunda ekan, qulay fursatni boy bermang!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment olish uchun qulay imkoniyatni boy bermang!