17:23 / 12.03.2021
1 671

MIB Bozatovda ajrashish yoqasida oilani yarashtirdi

MIB Bozatovda ajrashish yoqasida oilani yarashtirdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor K.O.dan undiruvchi J.Q.ning foydasiga uning tarbiyasidagi 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqisidan 1/3 qismi miqdorida aliment nafaqasini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Bo‘zatov tumani bo‘limi ish yurituviga 30.10.2019 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib aliment nafaqasi oyma-oy, irkilishsiz va to‘liq to‘lanib kelingan.

Albatta, hech qanday aliment pullari ota va onaning o‘rnini bosa olmaydi va shu asnoda bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan hali qonuniy ajrashmagan lekin ajrashish arafasida turgan oilaning butligini saqlab qolish maqsadida, turmosh o‘rtoqlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda bu sayi harakatlar o‘z natijasini berib oilaning yarashishiga erishildi va hozirgi kunda, yarashgan oila o‘z farzandlari bilan birgalikda baxtli hayot kechirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Bozatovda ajrashish yoqasida oilani yarashtirdi