19:00 / 12.03.2021
1 951

Po‘lat Bobojonov: "Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga qarab baho berar edik, ..."

Po‘lat Bobojonov: "Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga qarab baho berar edik, ..."
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020 yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.

Unda vazir ilgari jinoyatchilik ko‘lami faqat raqamlar orqali baholangani hozirda bu tizim ancha o‘zgargani haqida to‘xtaldi.

«Jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy e’tibor qaratildi.

Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga asosan ko‘paydi kamaydi deya baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qo‘yardik.

Eng achinarlisi ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda yaxshilash uchun jinoyatni hisobdan yashirishga urinadigan holatlar bor edi. Yoki jinoyat sonini oshirmaslik uchun odam savdosi, fohishabozlik, giyohvandlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashda tashabbus ko‘rsatilmas edi. Endilikda bu salbiy illatdan voz kechildi va vaziyat hududdagi haqiqiy ahvolga qarab baholanmoqda
», dedi Po‘lat Bobojonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Po‘lat Bobojonov: "Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga qarab baho berar edik, ..."