18:13 / 13.03.2021
1 470

Pandemiya davrida O‘zbekistonda o‘g‘riliklar soni sezilarli ko‘paygan

Pandemiya davrida O‘zbekistonda o‘g‘riliklar soni sezilarli ko‘paygan
Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aytib o‘tdi.

«Pandemiya paytida ko‘pchilik oilalar daromadsiz qolgani uchun va bu davrda profilaktik tadbirlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli mulkiy turdagi jinoyatlar soni ko‘paydi.

Jumladan, o‘tgan yili o‘g‘riliklar soni 8 ming 164 tani tashkil etgan. Bunda xonadonlarda qilingan o‘g‘riliklar soni 1918ta, savdo shoxobchalaridagi o‘g‘riliklar 813ta va transport vositalaridagi o‘g‘riliklar 774tani tashkil etdi.

Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda 18 ming 660ta firibgarlik jinoyati sodir etilgan. Bu jinoyatni sodir etganlarning 4 ming 124tasini ishsiz fuqarolar tashkil etgan
», – dedi Ichki ishlar vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pandemiya davrida O‘zbekistonda o‘g‘riliklar soni sezilarli ko‘paygan