13:15 / 14.03.2021
3 086

Toshkentda koronavirus yuqtirganlar soni birdan o‘sgani kuzatildi

Toshkentda koronavirus yuqtirganlar soni birdan o‘sgani kuzatildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yil 13 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80567 (+86) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
- 3 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Toshkent viloyatida,
- 77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, rasmiy raqamlarga ko‘ra keyingi ikki kunda O‘zbekistonda koronavirus yuqtiruvchilar soni o‘sdi. 12 mart kuni 89 bemor aniqlangan bo‘lsa, 11 mart kuni 45 bemorda virus qayd etilgan edi. Bir kunda bemorlar soni ikki barobar oshgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 703 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda koronavirus yuqtirganlar soni birdan o‘sgani kuzatildi