19:43 / 14.03.2021
2 898

Insoniyligini yo‘qotgan inson

Insoniyligini yo‘qotgan inson
Foto: IIV
2021 yil 7 mart kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Xalqobod» mahallasida yashovchi M.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 mart kunidan 5 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar hovlisida joylashgan molxonasidan har biri 1,5 million so‘mlik 33 bosh qo‘y-qo‘zilarini o‘g‘irlab ketgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi ilgari o‘g‘irlik qilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan A.N. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan, 9 mart kuni A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ilgari qilgan qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa qilmagan A.N. takror qilgan jinoyati uchun odil sudlov oldida boshi egik holda javob berishiga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Insoniyligini yo‘qotgan inson