21:30 / 14.03.2021
2 159

«Kaptiva» haydovchisi xodimlarda shubha uyg‘otdi

«Kaptiva» haydovchisi xodimlarda shubha uyg‘otdi
Foto: «Iiv.uz»
2021 yil 13 mart kuni Toshkent shahar Bektemir tumani hududida joylashgan «Bektemir» muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Sh.Xolnazarov, kinologiya xizmati xodimi S.Mambetov va PPX xodimi U.Xudoyberdiyevlar tomonidan «Kaptiva» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan vaqtda 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. xodimlarda shubha uyg‘otgan.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchining cho‘ntagidan sellofan paketga solingan, gugurt qutisi ichida bo‘lgan yashil rangli, o‘tkir hidli, giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, holatga oydinlik kiritish maqsadida aniqlangan modda va haydovchi A.T. tuman IIO FMBga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kaptiva» haydovchisi xodimlarda shubha uyg‘otdi