23:39 / 14.03.2021
3 077

Toshkentdagi kafelardan birida 45 kishilik ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Toshkentdagi kafelardan birida 45 kishilik ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Chilonzor tumanida joylashgan «Troya» kafesida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 2021 yil 8 yanvar kuni 23:30 larda sodir bo‘lgan. Ichki ishlar organlari olib borgan dastlabki tergov harakatlari ma’lumotlariga ko‘ra, kafeda vaqtini chog‘ o‘tkazayotgan mehmonlarning bir guruhi va qo‘shni stoldagi boshqa mijozlar o‘rtasida janjal yuzaga keladi.

Kafe qo‘riqchilari mehmonlarni tinchlantirishga harakat qilishadi. Jazavaga tushgan mehmonlar ogohlantirishlarga qaramay, voqeani yana-da keskinlashtirib yuborishadi. Oqibatda mijozlar va kafe qo‘riqchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Kafe xodimlari ichki ishlar xodimlariga qo‘ng‘iroq qilish o‘rniga janjalni o‘zlari chaqirgan mushtumzo‘rlar bilan davom ettirishadi.
Sud tibbiy ekspertizasining ma’lum qilishicha, mijozlardan uch nafaring olgan tan jarohati sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan. Ushbu janjalda 45 nafar odam ishtirok etgan bo‘lib, mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi kafelardan birida 45 kishilik ommaviy mushtlashuv yuz berdi