12:07 / 15.03.2021
2 667

«Singapur» va «Vestminster» talabalari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv tafsilotlari ma’lum qilindi

«Singapur» va «Vestminster» talabalari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv tafsilotlari ma’lum qilindi
Kadr: Telegram
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (SMRI) va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti talabalari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, talabalar o‘rtasidagi janjal poytaxtdagi 10 ta xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy talabalar ligasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, musobaqada Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi o‘zaro bahs olib borgan. O‘yinning ikkinchi taymi tugashiga bir daqiqa qolganda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgan va o‘sha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarining o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilgan va oqibatda tortishuv kengaygan.

Hakamlar tomonidan o‘yin to‘xtatilib, institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. O‘yinchilar bir-biridan uzr so‘rab, o‘zaro kelishib olgan.

«Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri talqin, xato ma’lumotlar yuzaga keldi», — deyiladi xabarda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olinib, uning kelib chiqish sabablari o‘rganilgan, musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan rahbar-xodimlar hamda ishtirokchi-talabalarning harakatiga baho berilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Ushbu holat shu kunning o‘zida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligida muhokama qilinib, kelgusida bu kabi salbiy holatlar takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Singapur» va «Vestminster» talabalari o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv tafsilotlari ma’lum qilindi