22:44 / 15.03.2021
3 885

Qarzi evaziga 23 yoshli qizni sotib yubordi

Qarzi evaziga 23 yoshli qizni sotib yubordi
Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M Navoiy shahrida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan M.G‘.ni dastlab Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi.

Biroq berilgan va’dalar va’daligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktabrida Toshkent xalqaro Aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha, ayol degan nomga nomunosib Q.M. g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «z» bandi (Jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzi evaziga 23 yoshli qizni sotib yubordi