14:50 / 16.03.2021
2 528

Metan zapravka va servislar ochiq savdoga chiqarilmoqda

Metan zapravka va servislar ochiq savdoga chiqarilmoqda
«Avtogazta’minot» MCHJning davlat mulki sifatida sotiladigan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari, servislar va boshqa jami 20 ta ko‘chmas mulk ob’ekti «E-Ijro Auksion» elektron savdoga chiqariladi.

Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida ma’lum qilindi.

Tadbirkorlar uchun tayyor biznes shaklida taklif etilayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining 8 tasida siqilgan tabiiy gazni sotish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya mavjud. Agarda xaridor litsenziya talablariga javob bersa, ushbu hujjat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Bugunga qadar, faoliyatini olib borayotgan Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi avtotransport vositalariga siqilgan gaz quyish shoxobcha 3,6 milliard so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi avtotransport vositalariga siqilgan gaz balonlarini o‘rnatish servis markazi 4,2 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Metan zapravka va servislar ochiq savdoga chiqarilmoqda