19:15 / 16.03.2021
1 517

Kredit qarzi to‘langach, xatlangan «Cobalt» egasiga qaytarildi

Kredit qarzi to‘langach, xatlangan «Cobalt» egasiga qaytarildi
2020 yilning 15 dekabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudi tomonidan da’vogar AIT «Ipak yo‘li bank» Qarshi filialining javobgar YATT Davidova Lola Nusurovna va fuqaro Usmonov Shoxruxxon Qahramon o‘g‘liga nisbatan da’vo arizasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, da’vogar AIT «Ipak yo‘li bank» Qarshi filiali va javobgar YATT Davidova Lola Nusurovna o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan jamiyatga kredit mablag‘lari ajratib berilgan va mazkur kreditning ta’minoti sifatida javobgar Sh.Usmonovga tegishli «Chevrolet/Cobalt» rusumli avtotransport vositasi garovga qo‘yilgan.

Mazkur arizaga ko‘ra da’vogar bank sudga garovdagi mulk bo‘yicha da’voni ta’minlashni so‘rab chiqqan. Sudning ijro varaqasiga ko‘ra, kredit qarzdorligi undiruvini garovdagi avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limi xodimlari tomonidan jami 27 mln. 312 ming so‘m qarzdorlik evaziga «Chevrolet/Cobalt» rusumli avtotransport vositasi xatlab olindi. Kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan berilgan tushuntirishlar natijasida javobgar shu kunning o‘zida 11 mln. so‘m va berilgan ijtiyoriy muddat davomida qarzdorlikning qolgan qismini ham to‘lab berdi.

Shu munosabat bilan, ijro hujjati amalda tamomlanib, avtotransport vositasi egasiga qaytarildi.

Akmal Baratov
MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzi to‘langach, xatlangan «Cobalt» egasiga qaytarildi