10:20 / 17.03.2021
2 027

Fuqaroning Malibu avtomashinasi sotilishiga bir bahya qoldi

Fuqaroning Malibu avtomashinasi sotilishiga bir bahya qoldi
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida, Zangiota tuman DNIning 07.01.2021 yildagi ijro xatiga asosan, qarzdor Sh.Qodirovdan undiruvchi ATB “INFINBANK” Zangiota filiali foydasiga 159 mln. 147 ming so‘mlik kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 13.01.2021yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi G‘.Maxkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha moddiy qiymatliklar o‘rganilib, qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarz to‘lanmagani oqibatida, qarzdorga tegishli Malibu avtomobiliga band solingan.

Mazkur transport vositasini realizatsiya qilish jarayonida qarzdor tomonidan qilingan to‘lov avtomashinaning auksion savdosiga chiqib ketishidan saqlab qoldi. Hozirda bank foydasiga qarz to‘liq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroning Malibu avtomashinasi sotilishiga bir bahya qoldi