16:23 / 17.03.2021
3 035

Senat qo‘mitasi 14 yoshli qizga aloqador ishni o‘rganib chiqdi

Senat qo‘mitasi 14 yoshli qizga aloqador ishni o‘rganib chiqdi
Foto: «O‘zA»
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 2020 yilning sentabr oyida 14 yoshli qizaloqni o‘g‘irlash, nomusiga tegish kabi mudhish jinoyat sodir etilgan shaxslar hamon jazosiz qolayotgani haqida ma’lumot berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov ushbu holat o‘rganilganini ma’lum qildi:

«Shu kunlarda internet nashrlarida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha «14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar jazosiz qolmoqda» sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabar ijtimoiy tarmoqlarda hamda jamoatchilik orasida keng muhokama qilinmoqda.

Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida, O‘rtachirchiq tuman prokurori tomonidan ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv harakatlarini olib borish uchun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilganligi, bugungi kunda tergov ishlari olib borilib, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi va guvohlar bergan ko‘rsatmalari tergov davomida tekshirilib, tayyorlangan sudga oid ekspertiza xulosalari olinganidan so‘ng qonuniy yechim topishi aniqlandi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tergov ishi har tomonlama to‘la va xolisona olib borilishi hamda yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi. Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi
», deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat qo‘mitasi 14 yoshli qizga aloqador ishni o‘rganib chiqdi