18:30 / 17.03.2021
2 782

Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt

Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt
Foto: «Domashniy ochag»
Yurak kasalligiga chalingan bemorlar soni kundan kunga ortib, dunyodagi har to‘rtinchi o‘limning bittasini tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, ko‘pgina ayollar yurak xuruji hamda infarktni erkaklarning kasalligi, deb biladi.

Gohida esa shifokorlar ham yurak xurujining o‘ziga xos alomatlarini inobatga olmaydi va ayollar kasalligini erkaklarga qaraganda kechroq bosqichida aniqlaydi. Shuning uchun ham ayollar bu borada bilishi kerak bo‘lgan 4 muhim fakt mavjud.

Yurak kasalligi – bu «ayollar» kasalligi
Yurak kasalligidan har yili erkaklarga qaraganda ayollar 28 foizga ko‘proq vafot etadi. Ko‘pincha ayollarda yurak xuruji boshqacha tarzda namoyon bo‘ladi. Afsuski, bu alomatlar shifokorlar tomonidan e’tiborga olinmaydi va to‘g‘ri tashxisni juda kech qo‘yadi.

Yurak kasalligi ko‘krak bezi saratoniga qaraganda ancha xavfli
Hozirga qadar ayollar orasidagi o‘limning eng keng tarqalgan sababi ko‘krak bezi saratoni bo‘lishga qaramay, aslida yurak xurujidan vafot etayotganlar 10 barobarga ko‘proq. Albatta, bu ko‘krak tekshiruvidan muntazam ravishda o‘tib turishga hojat yo‘q, degani emas. Ammo yurak salomatligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish lozim.

Yurak kasalliklari tobora yosharib bormoqda
Yurak kasalligining yildan yilga yosharib borishi har qanday ayol uchun xavfli, albatta. Ayniqsa, menopauzani boshdan kechirgan ayollarda bu hol ko‘proq kuzatiladi. Shuningdek, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi, chekish va boshqa zararli omillar 30 yoshdagi ayollarda ham yurak xuruji va infarktni keltirib chiqarishi mumkin.

Xavfning oldini olish mumkin
Sog‘lom turmush tarzi va uning yurak uchun foydalari haqiqatdir. Agar qarindoshlar orasida infarkt, yurak xuruji va boshqa yurak kasalliklariga chalingan insonlar bo‘lsa ham, uning kuzatilish xavfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Buning uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishni tashlash, ortiqcha vazn to‘plamaslik, sport bilan muntazam shug‘ullanish doimgidek zerikarli tuyulishi mumkin. Ammo natijasi, albatta, namoyon bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurak kasalligi haqida har bir ayol kishi bilishi kerak bo‘lgan 4 ta muhim fakt