20:00 / 17.03.2021
2 240

Vazir o‘rinbosari «Astra Zeneca»ning nojo‘ya ta’siri haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Vazir o‘rinbosari «Astra Zeneca»ning nojo‘ya ta’siri haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari «Nega ko‘p davlatlar «Astra Zeneca» vaksinasidan bosh tortdi yoki to‘xtatib qo‘ydi?» degan savolga izoh berib o‘tdi.

«Astra Zeneca» vaksinasi bilan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. Ular orasida zararli ta’sir qilgan deb baholangan holatlar milliondan bittani tashkil qiladi.

Bunda asosan tromboz holatlari (tomir ichida paydo bo‘ladigan qon laxtasi, tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi) kuzatildi. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi ko‘zda tutilgan. Tabiiyki, bu yoshdagi odamlar har qanday boshqa kasalliklarga moyil bo‘ladi. Bunga aynan u yoki bu vaksina sababchi deb aytolmayman. Masalan, xuddi shu holat «Pfizer» vaksinasida ham kuzatilgan.

Bunday nojo‘ya ta’sirlar aynan vaksina tufayli kelib chiqdi deb hech kim aytolmaydi, hatto JSST ham. Biz JSST tarkibidagi maxsus kommisiyalarning xulosalarini kutyapmiz. Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani — uning butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi. Shunchaki hozirda uning ta’sirlari borasida chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda».

Avvalroq, qator Yevropa mamlakatlarining Oksford universitetining COVID-19ga qarshi vaksinasi («AstraZeneca»)dan voz kechishi vaksinatsiya markazlari yopilib, aholini emlash ishlari izdan chiqishiga olib kelgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir o‘rinbosari «Astra Zeneca»ning nojo‘ya ta’siri haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi