20:56 / 17.03.2021
2 010

Kompensatsiya va qarzdorliklar undirilmoqda

Kompensatsiya va qarzdorliklar undirilmoqda
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tumanlararo sudining 2020 yil 02 noyabr kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor Zomin tuman hokimligidan undiruvchi T.Urolov foydasiga 110.232,8 ming so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga 10.03.2021 yil kuni kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Zomin tuman hokimligidan undiruvchi T.Urolov foydasiga kompensatsiya mablag‘i to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

Jizzax viloyat Forish tuman iqtisodiy sudining 2021 yil 26 yanvar kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor, “ZOMIN BREWER” MCHJdan undiruvchi “Quddusov Muxammad bog‘lari” fermer xo‘jaligi foydasiga 269 mln. so‘m undirish belgilangan bo‘lib, ushbu ijro hujjati Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga 27.01.2021 yilda kelib tushgan hamda ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor “ZOMIN BREWER” MCHJ hisobidan ushbu qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlandi. Bundan tashqari, sud qaroriga asosan qarzdor “ZOMIN BREWER” MCHJdan undiruvchi “Ochilov Shodiqul Raxmonovich” fermer xo‘jaligi foydasiga 270.877,4 ming so‘m qarzdorlik ham to‘liq undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kompensatsiya va qarzdorliklar undirilmoqda