21:20 / 17.03.2021
1 980

Angor paxta tozalash» AJning mol-mulklari auksion savdolariga chiqarildi

Angor paxta tozalash» AJning mol-mulklari auksion savdolariga chiqarildi
Sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlariga asosan qarzdor «Angor paxta tozalash» AJdan davlat foydasiga 1,7 mlrd. so‘m muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 3,9 mlrd. so‘m qarzdorliklarni undirish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Angor tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning bankdagi hisob raqamlari xatlanib, inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan.

Shuningdek, «Angor paxta tozalash» AJdan qarzdorlik evaziga xatlangan Angor tumani Gilambob mahallasida joylashgan «Tallimaron paxta tayyorlov maskani» bino inshootlari mutaxassis tomonidan 5,2 mlrd. so‘mga baholanib, «E-Ijro Auksion» yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.

Bundan tashqari, qarzdor jamiyatga tegishli 12 turdagi mol-mulklari xatlanib, hozirda baholatish va realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Kelgusida sotuvdan tushgan mablag‘lar ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angor paxta tozalash» AJning mol-mulklari auksion savdolariga chiqarildi